“Vakolatli ta’lim” loyihasiga start berildi

«Oila» markazining Surxondaryo viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan yangi loyihaga start berildi. Mazkur “Vakolatli ta’lim” o‘quv seminarida mahalla fuqarolar yig‘ini mutaxassislari, qaynonalar va turli soha vakillari muvaffaqiyatli munosabatlar o‘rnatish borasida hayotiy ko‘nikmalarini oshiradilar.

Seminar trening ilk bor Denov tumanida pilot loyiha sifatida o‘tkazildi. Kelgusida xuddi shunday mashg‘ulotlar Denov tajribasi sifatida barcha tumanlarda o‘tkaziladi. Amaliy mashg‘ulotlarda oilalardagi notinch holatlar, nizoli vaziyatlar, zo‘ravonliklarning oldini olishda zaruriy bilim va ko‘nikmalar qiziqarli usullarda tushuntirilyapti.