“Oila” markazi rahbari Buxoroda

Bugun "Oila" markazi rahbari, senator Dilorom Tashmuhamedova Buxoro viloyatiga tashrif buyurib, markazning tuman (shahar) bo‘limlarida yuritilayotgan ishlar, mahalla fuqarolar yig‘ini mutaxassislari uchun olib borilayotgan o‘quv kurslari jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Safar chog‘ida markaz rahbari Kogon tumanida ham bo‘lib, “Oila” markazining Kogon tuman bo‘limi binosining ochilishida ishtirok etdi.