“ONALAR TASHRIFI KUNI”

Har bir oilaning tinch-totuv, barqaror, xotirjam bo'lishi, farzandlarining sog'lom va barkamol bo'lib ulg'ayishi, oilada sog'lom muhit va sog'lom turmush tarzining mavjudligi har jihatdan bir inson zimmasiga tushadi. Mana shunday mas'uliyatli va sharafli vazifani chin dildan, hech nolimay boshini mag'rur ko'tarib, hayot qiyinchiliklariga o'zida kuch topib, atrofdagilariga madadkor inson bu-ayol, ya'ni mo'tabar Ona!

Ayol! Naqadar buyuk zot. Faqat uning farzand uchun kechalari bedor o'tkazgan, farzand kamoli uchun elib yugurgan, oilasining tinch yashashi uchun har ishga tayyor, atrofdagilarga beminnat mehr bergan betakror zot.

Ayol! Hayot saboqlarini beruvchi, jonkuyar mehribon zot. Katta-yu kichikka doimo birday yordam bera oladigan, doimo to'g'ri yo'l ko'rsata oladigan murabbiy. Oilada hammani ko'ngliga yo'l topadigan mehribon ona. Yurt koriga yaraydigan farzandlarni kamolga etkazayotgan volida, aziz insonni qo'llab quvvatlaydigan sevimli rafiqa. U o‘zi ona bo'lsada, bir daqiqa ham farzand ekanligini unutmay doimo ota-ona xizmatiga shay turgan inson balki uning buyukligi ham shundandir balki shuning uchun ham barchamiz uning oldida doimo ta'zimdamiz … Zero, ona, ayol dunyoning ustunidir.

Bu buyuk zotga extirom, e'tibor ko'rsatish, farzand va ona o'rtasidagi mehr-muhabbat rishtalarini yanada mustahkamlash maqsadida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining Namangan viloyat boqarmasi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Namangan tumanida “8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan tuman Xalq ta'limi bo'limiga qarashli 18-maktabda 11-sinf o'quvchilarining onalari uchun “Onalar tashrifi kuni” tashkil etildi.

Tadbir “Onam uchun dil so'zlarim” shiori ostida o'tkazildi. Tadbir davomida maktabning 92 nafar o'quvchilari o'z Onalariga bevosita, tug'ilganlaridan boshlab bugungi kunga qadar ularga berilgan beminnat mehr muhabbat, g'amxo'rlik, bag'rikenglik uchun minnatdorlik so'zlarini yo'llashdi.

 

“Oila” markazi matbuot xizmati