Qaynona va kelinlar barchaga ibrat bo‘lishdi

Vobkent iqtisodiyot kasb-hunar kollejida “Ibratli qaynona-kelin” ko‘rik-tanlovining mahallalararo bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovda So‘fidehqon, Mirvoshi, CHangaron, Kosari, Mo‘minobod, Hajuvon, Beshrabod, CHo‘rikalon mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi qanona va kelinlar qatnashishdi.

Tanlov to‘rtta shart asosida tashkil qilinib, ularda qaynona va kelinlar oilada o‘zaro totuvlik, to‘kin-sochinlik, orastalikni ta’minlashda qanday yo‘l tutishi lozimligi ko‘rsatib berishdi. Ishtirokchilarning  chiqishlari hayotiy va haqqoniy bo‘lishi bilan birga, oilada vujudga kelayotgan kelishmovchiliklarning sabablari, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, noqonuniy migratsiyaning oldini olishda oilaning roli kabi dolzarb masalalarni ko‘rsatib bera olgani bilan e’tirofga sazovor bo‘ldi. 

Tanlov yakunida g‘olib bo‘lgan 3 ta oila vakillariga tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari topshirildi.