"Oila" markazi

“Oila” markazi oila institutini mustahkamlash va rivojlantirish, jamiyatda zamonaviy na’munali oila mezonlarini joriy etish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tashkil etish va o’tkazish sohasida respublikaning etakchi ilmiy-tadqiqot ekspert muassasasi hisoblanadi.

“Oila” markazi oila institutini rivojlantirish sohasida amalga oshiriladigan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni ekspertizadan o’tkazishda ishtirok etadi, tadqiqotlar natijalari amaliyotga tatbiq etilishini ta’minlaydi.

“Oila” markazi, “Oila” markazining Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari yuridik shaxs hisoblanadi, O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o’z nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G’aznachiligida shaxsiy hisob raqamlariga ega bo’ladi.

“Oila” markazining Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari huzurida yuridik shaxs hisoblanmaydigan “Oila” markazi tumanlar (shaharlar) bo’limlari faoliyat yuritadi.

“Oila” markazining asosiy vazifalari oila institutini mustahkamlash bo’yicha, eng avvalo, “Sog’lom oila — sog’lom jamiyat” konseptual g’oyasini hayotga tatbiq etishga yo’naltirilgan yagona davlat siyosatini olib borish, oilaning reproduktiv salomatligi va demografik rivojlanishini, uning farovonligi va xotirjamligini oshirish masalalarini kompleks o’rganishni tashkil etish, zamonaviy oilani rivojlantirish, oilaning ichki munosabatlari, shaxslararo munosabatlarni, boy madaniy tarixiy meros va an’anaviy oilaviy qadriyatlar muammolari bo’yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni o’tkazish, umuminsoniy va milliy oilaviy qadriyatlarni, er-xotin, ota-ona va farzandlar, er-xotin va ularning ota-onalari o’rtasidagi munosabatlarni tahlil qilish asosida zamonaviy na’munali oilaning mezonlarini belgilash, shuningdek, zamonaviy oilaning na’munali shaklini hamda “Oila jamiyat va davlat himoyasida” konstitutsiyaviy prinsipini keng targ’ib etish va jamiyatga singdirish ishlarini olib borish, davlat organlari, xotin-qizlar qo’mitalari va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda notinch va muammoli oilalarni aniqlash va ularning manzilli ro’yxatlarini tuzish, ma’naviy-axloqiy muhitni sog’lomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash va milliy mentalitetga zid bo’lgan turli yot xavf-xatarlarga qarshi turish maqsadida ular bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqa o’rnatish, oila-nikoh munosabatlari sohasida amaliyotni o’rganish va tajriba almashish borasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirishdir.